Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33O‘zbekiston konchilik va metallurgiya xodimlari kuni munosabati bilan shahar aholisi, ta'lim muassasalari va kombinati ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi qoshidagi sport va jismoniy tarbiya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bahslarida 14-umumta'lim maktabi o‘quvchi Shohjahon Siddiqov barcha raqiblarini yenggan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Kattalar o‘rtasidagi bahslarda esa Qalmoqqir kon boshqarmasi xodimi Andrey Tyumensov raqiblaridan kuchli dona surib, “Rahbar kubogi”ga sazovor bo‘ldi.
E'tiborlisi, aql gimnastikasi bo‘lgan shaxmat musobaqasida 250ga yaqin ishtirokchilar g‘alaba uchun dona surishdi.
Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Feruz Musayev,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi qoshidagi sport va jismoniy tarbiya bo‘limi mudiri o‘rinbosari