"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK “Xondiza” kon boshqarmasida Kasaba uyushma qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi konchilik metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqada boyitish fabrikasi, OKMK Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati 8-komandasi hamda boshqarma ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda shashka bo‘yicha 1-o‘rinni reagent uchastkasi yukchisi Muhammad Ali Poyonov egalladi.
2-o‘rin boshqarma dispetcheri Akmal Nomozovga nasib etdi.
3-o‘ringa IHQX 8-komandasi o‘qchisi Mirjalol Xurramov loyiq ko‘rildi.
Shaxmat bo‘yicha bahslarda esa kuchli uchlikdan Farhod Xolnazarov, Kamoliddin Saidov, Abdusalom Mustanovlar joy olishdi.
D. Qosimov,
“Xondiza” kon boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi