Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 9-noyabr kuni “Sherobod sement zavodi” MChJda amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir ssenariysiga ko‘ra, korxona hududida yong‘in sodir bo‘lib, tegishli tuzilmalar tomonidan yong‘in zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Yong‘in natijasida jarohat olgan jabrlanuvchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Tadbirda Fuqaro muhofazasi va yong‘in havfsizligi otryadi, “Sherobod sement zavodi” MChJ umumiy masalalar va Fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Nishonov, korxona TMB saqlash va tartibot masalalari bo‘yicha yetakchi muhandis S.Toshboboyev, MM va TX bo‘limi boshlig‘i M.Normamatov, 4–avtokorxona rahbari L.Murodullaev, korxona sex va uchastka boshliqlari ishtirok etishdi.
Tadbir so‘z olgan mas'ullar zavoddi yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan halokatli texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlarini tushuntirishdi. Bundan tashqari, ob'ektlarda joylashtirilgan o‘t o‘chirish qalqonlari to‘liq o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlanganligi, suv manbalariga to‘xtalib, ichki yong‘inni o‘chirish kranlari, yer osti suv olish gidrantlari, suv havzalari va doimiy suv bilan ta'minlangan holatda bo‘lishligini eslatib o‘tishdi. Yong‘indan xabar beruvchi tashvishgohlarni sozligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligini, kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib mas'ul shaxslarga biriktirish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yong‘in sodir bo‘lganda ishchi-xodimlar va qutqaruv tuzilmalarining qanday harakat qilishi lozimligi tahlil etildi.
Ushbu ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chorasini ko‘rilishi belgilandi.
Axborot xizmati