• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shoxruzxon - eng chaqqon bolajon

21 Iyun 2022, 14:26 952

Mis boyitish fabrikasi yosh oilalari farzandlari oʻrtasida "Kombinat bolajonlari" sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa 5  bosqichda oʻtkazilib, unda bolajonlar uzunlikka sakrash, savatchaga toʻp uloqtirish, darts, qisqa masofaga yugurish va arqonchada sakrash boʻyicha bellashishdi.

Musobaqada mutloq gʻoliblik Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish tsexi flotatori Nargiza Ilyosovaning farzandi  Shoxruzxon Tursunxoʻjaevga nasib etdi.

Chiqitlar toʻplash sexi ishlab chiqarish boʻlimi ustasi Laziz Eshmuradovning farzandi Nodirbek Eshmuradov 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ishlab chiqarish-texnik boʻlimi operatori Sevara Azimboevaning farzandi  Zohidjon Abdullaev 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblari Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaxo sovgʻalar bilan mukofotlanishdi. Ishtirok etgan barcha bolajonlar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishib, doʻstona oʻtgan bellashuvni bir olam taassurotlar bilan yakunlashdi.

Akrom Mamayusupov,

MBF Kasaba uyushmasi qoʻmitasi sport

va sogʻlomlashtirish boʻyicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech