• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sherobod sement zavodida vazifalar uddalanmoqda

19 Yanvar 2022, 15:20 1135

OKMK Sherobod sement zavodi mehnat jamoasi tomonidan yuklatilgan vazifalar bajarib kelinmoqda.

Jumladan, 2021- yilda zavod tomonidan ishlab chiqarilgan 1 370 127 tonna sement mahsuloti 760 mlrd 702 mln so‘mga sotildi. Shuningdek, 4351260 dollarlik mahsulot eksporti ham amalga oshirildi.

2021-yilda zavodda muhim yangillikka qo‘l urildi. Avval xabar berilganidek, ikkilamchi chiqindi – issiqlik gazidan elektr energiyasi olinishi yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida soatiga 6 ming kilovat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Zavod tomonidan tashqaridan olinadigan elektr energiyasi miqdori 14-19 ming kilovattgacha kamayib, bir kunda 60 mln so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi.

Bundan tashqari, zavodga xizmat ko‘rsatuvchi 4-avtokorxonaning binosini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu esa ishchi-xodimlarni yog‘ingarchilik hamda issiq kunlarda o‘z ishlarini sifatli va tez bajarishlariga imkon yaratadi.

Yana bir muhim jihat zavod yonidagi temiryo‘l stansiyasining ishga tushirilishi natijasida zavod hududiga keltiriladigan vagonlarni o‘z vaqtida yetkazib kelish va yil davomida vagonlarning bo‘sh turib qolishini oldini olinadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech