• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shukronalik

31 May 2022, 10:59 1054

Yurtimiz tinch, hayotimiz osuda, ko‘nglimiz xotirjam holda har tong ishga shoshamiz, so‘ng yana oila bag‘riga qaytamiz. Aslida hozirgi vaziyatda aynan mana shu kunlar uchun ham qalbimizda shukronalikni his qilmog‘imiz lozim.

Kecha aynan shukronalik mavzusida Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida Olmaliq shahar "Ramazoni sharif" jome masjidi imom noibi Alisher To‘xtayev hamda OKMK AJ xodimlari kasaba uyushmalari kengashi bosh psixologi Viloyat Davletova ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida so‘zga chiqqan har bir mutasaddi mavzuga to‘xtalar ekan, Vatanimiz yildan-yilga yuksalib, odamlarning turmush tarzi ham izchil farovonlashib borayotganligi, odamlarning ma'naviy dunyoqarashining o‘zgarayotganligi, tinchlik totuvlikni qadriga yetish, birlashish, bunyodkor g‘oyalarni ilgari surish, uni yuksaltira olishi kabilar xususida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ishchi-xodimlarga virtual olamdagi onlayn qimorning ayanchli oqibatlari, dinimizda uni harom qilinganligi, uning ortidan bir qator muammolar kelib chiqishi haqida so‘z bordi. Eng asosiysi, bir oy davomida mashaqqat bilan topilgan pulni ko‘z ochib, yumguncha qimorga sarflab yuborayotganlarning ayanchil taqdiri barchaga saboq bo‘lishi ta'kidlandi.

Obid Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech