Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Qalmoqqir” kon boshqarmasida xuddi shu mavzu yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mustaqillik ortidan Vatanimiz osuda, obod va ozod go‘shaga aylandi. Vatanimiz yildan-yilga yuksalib, odamlarning turmush tarzi ham izchil farovonlashib bormoqda.
Sanoat tarmog‘ining o‘sishi, har bir hududimiz ulkan qurilish maydoniga aylangani, odamlarning ma'naviy dunyoqarashining o‘zgarishi, aynan istiqlol sharofatidir.
Shuningdek, tibbiyot, ta'lim, sport, madaniyat, turizm va boshqa sohalarning takomilashishi ham mustaqillikning, tinchlikning ortidandir.
Shukronalikni qadriga yetish, uni asrab-avaylash borasida bugun joylarda turli seminarlar, davra suhbatlari, tadbirlar uyushtirilmoqda. Ularning navbatdagisi “Qalmoqqir” KB ishchi- xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda, boshqarmaning tovar-moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jamshid Hakimov, konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq bo‘limi a'zosi Tohir Mavlyanov, “Ramazoni sharif” jome' masjidi, imom noibi Alisher To‘xtarovlar qatnashishdi.
Tadbir davomida so‘z olganlar, har bir ishchi-xodim rahbariyat etiborida ekanligi, tinchlik totuvlikni qadriga yetish, hech bir davlat buzg‘unchi g‘oyalar bilan rivojlana olmasligi, balki birlashish, bunyodkor g‘oyalarni ilgari so‘rish uni yuksaltira olishi haqida so‘z yuritishdi.
Bundan tashqari, so‘zga chiqqan faxriylir kengashi a'zosi Tohir Mavlyanov kombinatdagi o‘z faoliyati, oddiy erituvchilikdan rahbarlik lavozimigacha bosib o‘tgan mehnat yo‘li, oliygohdagi va rahbarlik davridagi boy ish tajribalaridan misollar keltirdi.
Shu bilan birga yig‘ilish davomida ishchi-xodimlarga onlayn qimorning ayanchli oqibatlari, dinimizda uni harom qilinganligi, uning ortidan bir qator muamolar kelib chiqishi va eng asosiysi, bir oy mashaqqat bilan topilgan pulni ko‘z ochib yumguncha qimorga sarflab yubormasliklari to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.
Shukronalik hayotdan mamnunlikni, mamnunlik mustahkam ishonchni va o‘z ishiga mehrni hamda e'tiqodiy barqarorlikni ifoda etadi.
Jannatmakon yurtimizda tinchlik, totuvlik, ahil-inoqlik, tilimiz va dilimizda shukronalik bor ekan, bu ulug‘ ne'mat yillar o‘tgani sari yanada navqironlikka, yetuk va barkamollikka yuz tutishi, shubhasizdir.
Axborot xizmati