Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 19-fevral kuni Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.
Dastlab, yuqori martabali mehmon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov hamrohligida “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lib, kombinat muzeyi hamda “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shuningdek, elchi janoblariga madaniyat saroyida faoliyat yuritib kelayotgan turli to‘garaklar ham tanishtirildi.
Mehmonning navbatdagi manzillari Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov tomonidan elchiga ushbu konlar hamda kombinat faoliyati haqida to‘liq ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, yuqori martabali mehmon 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish jarayoni bilan ham tanishdi. Mis boyitish fabrikasi hamda Mis eritish zavodlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda kelgusida OKMK va Shveysariya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida kelishib olindi.
Ma'lumot uchun: OKMK Shveysariyaning Glencore Int, Telf AG, Open Mineral, Inmatrade AG kompaniyalari bilan hamkorlik qilib keladi.
2024-yilda mamlakatimiz va Shveysariya o‘rtasida tovar aylanmasi 287,1 mln dollarni tashkil etgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Shveysariyalik investorlar ishtirokida 106 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda, ulardan 48 tasi qo‘shma korxona va 58 tasi 100 foiz xorijiy kapitalga ega korxonalardir.
Ushbu davlat ishbilarmonlari bilan avtomobilsozlik, to‘qimachilik, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik va infratuzilma sohalarida umumiy qiymati deyarli 1,2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 19 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: