• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sifatli ta'mir – yuqori samaradorlik omili

18 Aprel 2022, 10:24 1001

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi texnologik jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu boshqarmaning Mis kompleksi hududida joylashgan 4-sonli bino inshootlarini kapital ta'mirlash va kimyoviy himoya ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmasi ham o‘ziga yuklatilgan vazifalarni yorug‘ yuz blan ado etib kelmoqda. Bevosita raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 2022-yil 1-choragi uchun bo‘linma tomonidan 4186980000 so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan edi. Amalda esa 4246528000 so‘mlik ishlar amalga oshirilib, rejaviy vazifa 101,4%ga uddalandi. Joriy yilda esa bo‘linma oldiga 18103504000 so‘mlik ishlarni bajarish vazifasi belgilangan.

Bo‘linma boshlig‘i v.b. Mirzohid Muhitdinovning ma'lum qilishicha, bo‘linmaning asosiy vazifalariga bino va inshootlarni texnologik ta'mirlash, temir quvurlarni izolyasiyalash ishlarini bajarish, uskunalarin kimyoviy himoyalash, futerovka ishlarini amalga oshirish, metall uskunalarni qum purkash orqali tozalash kiradi. Bo‘linma OKMKning barcha korxona-tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bo‘linma ishchi-xodimlari shahrimizning obodonlashtirish ishlarida ham faol.

Ayni kunlarda bo‘linma ishchilari modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi doirasida Mis boyitish fabrikasida, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, 2-Mis boyitish fabrikasida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Shuningdek, Ohak zavodida profilaktik rejaviy ta'mir ishlarida ham texnologik uskunalarni ta'mirlash jarayonida qatnashayaptilar. Mazkur ta'mir ishlari 10 kun davom etadi.

Bundan tashqari bo‘linma ishchilari Chirchiq shahridagi birlashmada ham termoizolyasiya ishlarnini bajarishmoqda.

Ta'mir ishlarini sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida ishchi-xodimlarning malakasini muntazam ravishda oshirib borish yo‘lga qo‘yilgan. Maqsad esa kundan kunga takomillashib borayotgan yangi texnologiyalar va uskunalarni o‘zlashtirib borish. Ayni kunlarda bo‘linma chilangarlari hamda gazpayvandchilari uchun O‘quv markazi bilan kelishilgan holda malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Shuningdek, bo‘linma barcha jihozlarga ega o‘quv poligoni ham tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda tajribali mutaxassislar doimiy ravishda ishchi-xodimlarni kasb mahoratlarini oshirib borishadi.

Maqola tayyorlash jarayonida bo‘linma ishchilari mehnat qilayotgan Mis boyitish fabrikasining Yanchish va flotatsiyalash sexida bo‘ldik. Modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi doirasida sexdagi 7-monoseksiyada 2ta tegirmon qayta tiklanayapti. Ushbu tegirmon korpuslarining uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlash maqsadida qoplama(futerovka) ishlari amalga oshirilmoqda. Dibazalt plitasi yordamida qoplama ishlarini futerovkachilar  To‘lqin Hayitboyev, Abduhalil Hojimatov, Ahmad Ismatov, Davron Usmonov, Alisher Xalilov, Abdurasul Nurmatovlar bajarishmoqda.

Ish boshqaruvchi No‘'monjon Yo‘ldoshevning ta'kidlashicha, qoplama ishlari sifatli bajarilsa tegirmon korpusini yaroqlilik muddati ko‘p bo‘ladi. Korpusning yedirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sifatli ta'mir ishlarini bajarilishida albatta zamonaviy texnologik ta'mir uskunlari asqotadi. ITIB rahbariyati tomonidan bu masalaga jiddiy e'tibor qaratilgan bo‘lib, har yili ta'mirlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar yangilab boriladi.

Har qanday sanoat korxonasida amalga oshiriladigan ta'mir ishlarining sifatli bajarilishi kelgusida texnologik uskunalarning barqaror ishlashini ta'minlab, yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga sabab bo‘ladi. Ushbu omillarni 4-sonli bo‘linma ishchi-xodimlari yaxshi anglagan holda ta'mir ishlariga jiddiy yondashib kelishmoqda.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech