• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sifatli, tejamkor va ishonchli ta'minot

19 Fevral 2022, 12:1 1025

Energetika davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalardan biridir. Hozirgi kunda iqtisodiyotni barqaror va uzluksiz sifatli energetika manbalari bilan ta'minlash dolzarb masalaga aylangan.

“Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish sexlarini bug‘ ko‘rinishidagi issiqlikka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sanoat korxonalari, shahar iste'molchilari va aholisini issiqlik hamda issiq suv blan ta'minlash, elektr energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan OKMK Issiqlik energiya markazi yanvar' oyining so‘nggi kunlarida mamlakatimizdagi barcha energetika korxonalari kabi sinov imtihonlaridan o‘tdi. Shunisi e'tiborga molikki, favqulodda holatda kombinat IEM “O‘zbekenergiya” tizimida to‘xtovsiz faoliyat yuritgan yagona korxona bo‘lib qoldi.

Uskunalar ishidagi pand berish(avariya)larni aniqlash bo‘yicha ishlarning muntazam olib borilishi, energetika qurilmalarining ishonchli va tejamkorlikda faoliyat yuritishini oshirish borasida omilkorona tadbirlar amalga oshirib borilishi hisobiga zarur bo‘ladigan energiya manbalari ishlab chiqarilib, iste'molchilarga uzluksiz jo‘natib borilishiga muvaffaq bo‘lindi.

- IEMda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish tizimi - uskunalarning texnik to‘g‘ri ekspluatasiya qilinishi, uning ta'mir jadvallariga rioya qilinishi, xom ashyolar, materiallar, yonilg‘ilar va elektr energiyasi sarfining progressiv norma lari joriy etilishini ta'minlaydi, - deydi Qozon-turbina sexi boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘ldosh Kulboyev. - Yuklanmalarning dispetcherlik jadvali, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish rejasining bajarib borilishi uchun barcha zahiralar ishga solingan va mavjud imkoniyatlardan samaradorlikda foydalanishga erishilmoqda.

Ayni kunga kelib IEMning elektr energiyasi bo‘yicha quvvatlari 36 MVt.ni tashkil etib, bu energiya har birining quvvati 12 MVt/soatni tashkil qiladigan generatorlar tomonidan ishlab chiqilmoqda. OKMK korxonalari va chet tashkilotlarning issiqlik energiyasi bilan ta'minoti uchta bug‘ uzatish magistrallari orqali, issiq suv ta'minoti ham uchta issiqlik tarmoqlari yordamida amalga oshirib kelinayapti.

IEM smena boshlig‘i Muhammad Anorqulov, qozon uskunalari mashinistlari Sayfulla Mamaev, Muborak Dehqonova, bug‘-turbina bo‘limi katta ustasi Saidasqar Saymaqov, turbina bo‘limi mashinistlari Otabek Qo‘chqorov va Hojiakbar Qo‘shboyevlar hamda qozon mashinalari kuzatuvchisi Guljahon Haydarova va qozon uskunasi operatori Husniddin Do‘simqulovlar energetika qurilmalari unumdorligi oshirilishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Mavjud uskunalar va qurilmalarda ta'mirlar va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining qat'iy tartiblar asosida olib borilishida elektrgazpayvandlovchi Abdumannob Hamdamov, ta'mirchi-chilangarlar Abdusami Abduqodirov, Sharofiddin Haydarov, Abdulla Nabiyev, olovbardoshli qoplamalar ishchisi Charos Ismatullaeva va Ikrom Shamsiyevlarning mahorat- tajribalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qozon-turbina sexida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, mexanizasiya va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, xususiy ehtiyojlar uchun sarf-xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo‘linmoqda. Energetika yo‘nalishida s amarador bo‘lgan loyiha larni amalga oshirish maqsadida ichimlik suvi tarmog‘i faoliyati IEM va soha mutaxassislarining tashabbuslari, izlanishlari evaziga yo‘lga qo‘yildi. OKMK Sanoat suv ta'minoti sexi korxonasi havzasidan magistral tortilib, suv manbasini qabul qilib olish sig‘imi, suvga belgilangan tartiblarda kimyoviy ishlov berish va iste'molga yaroqli bo‘lgan ichimlik suvini haydab beruvchi nasoslar stansiyasi ishga tushirildi. Mazkur tizim ishga tushirilishi bilan kombinatning barcha sex va bo‘linmalarining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz qondirishga erishildi. Suvga ishlov berish, uning tahlillarini doimiy ravishda o‘tkazib borilishi va sarf hisobini yuritish borasida barcha tashkiliy ishlar belgilangan tartiblarda hal qilinib, kombinatning al'ternativ ichimlik suv ta'minoti yo‘lga qo‘yildi. Yangi bo‘linma soatiga 400 tonnadan ziyod ichimlik suvi yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi kabi tashabbuslar va izlanishlar iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalarining hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish, energetik jihatidan samarador bo‘lgan istiqbolli loyihalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga omil bo‘lmoqda.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech