• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sizlar bor, yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta aziz vatan himoyachilari!

14 Yanvar 2022, 16:14 1357

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” madaniyat saroyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov barcha harbiy xizmatchilarni, huquq-tartibot idoralari xodimlarini va soha vakillarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Sana munosabati bilan OKMK rahbariyati hamda Olmaliq shahar hokimligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquq-taribot idoralari xodimlari, kombinat Idoraviy harbiylashgantirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari, shahar faxriylar Kengashi a'zolari, Mudofaa bo‘limi xizmatchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Xabaringiz bor, 2000-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari chegara hududiga terrorchilik guruhlari bostirib kiradi. Milliy armiyamizning matonati tufayli bosqinchi to‘dalarning a'zolari yo‘q qilingan. Afsuski ular bilan kechgan janglarda mard o‘g‘lonlarimiz ham halok bo‘lgan. Ularning yorqin xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan sahna ko‘rinishi ham olqishlarga sazovor bo‘ldi. Vatanimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlarimizning jasoratini madh etuvchi ushbu sahna ko‘rinishi 99280-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari va “Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan zo‘r mahorat bilan tayyorlanganini alohida ta'kidlash joiz.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari hamda 99280-sonli harbiy qismning havaskor ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech