• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sizlar hamisha ardog‘imizdasizlar

04 Dekabr 2024, 9:49 36

3-dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Olmaliq KMK” AJning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 200 nafar nogironligi bo‘lgan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida sanaga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov, OKMK boshqaruv raisining maslahatchisi Kamola Umaraliyeva nogironligi bo‘lgan shaxslar doim kombinat rahbariyati tomonidan e'tiborda ekanligi, ular hamisha har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirishdi.

Tadbir davomida MTMZ ishchisi Olimjon Jalilov, Mis boyitish fabrikasi duradgori Lutfulla Alimxonov, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tikuvchisi Dilrabo Polvonovalar mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga bo‘lgan e'tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand ekanliklarini ta'kidlashib, buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilikchilik bildirishdi.

“Metallurg” MSning badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Matonat” filmi ham namoyish etildi.

Tadbirda ishtirok etgan barcha nogironligi bo‘lgan kombinat ishchi-xodimlariga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech