• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sizlardan minnatdormiz, aziz faxriylar!

16 May 2024, 9:16 353

O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati shahrimizdagi “Marhamat” tantanalar majmuida kombinat mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 300 nafardan oshiq mehnat faxriylari to‘kin dasturxon atrofiga jam bo‘lishdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi raisi Aleksandr Farmanov va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov umrining ko‘p qismini mamlakat rangli metallurgiyasi bayroqdori bo‘lgan kombinat faoliyatiga bag‘ishlagan faxriylarni ayyom bilan samimiy qutladilar. Mehnat faxriylarining kombinat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi e'tirofga loyiq ekanligini ta'kidlashib, barcha mehnat faxriylariga minnatdorchilik bildirdilar.

Shuningdek, faxriylar Kengashi faoliyatida tashabbuskorlik ko‘rsatib mehnat qilib kelayotgan bir guruh ilg‘or faxriylar “Faol faxriy” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan ajoyib konsert dasturi mehnat faxriylarini raqsga chorladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech