• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sizlarga ta'zimdamiz, aziz ustozlar!

30 Sentyabr 2022, 16:13 952

Ustoz va murabbiylar jamiyat binosining binokorlari, ma'rifat bog‘ining bog‘bonlaridir. Ular hayot bo‘stonidagi niholning baquvvat daraxtga aylanishi uchun beqiyos mehnat qiladi. Ularni qancha e'zozlasak, ardoqlasak shuncha kam. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan ham ustoz va murabbiylar doim qadrlanib kelingan. 1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun “Bahor” restoranida tantanali marosim tashkil etildi.

Unda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida faoliyat yuritayotgan O‘quv markazi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi hamda MTTU MISiS Olmaliq filiali, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘qituvchi va murabbiylari, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ustozlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov ustoz va murabbiylarning mehnati e'tirofga sazovor ekanligi, ularning jamiyatda mavqeini oshirish davlat siyosati darajasiga chiqqanligini ta'kidlab, ularni samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida bir guruh ustoz va murabbiylar kombinat Faxriy Yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ayniqsa, “Kamalak” havaskorlik drama to‘garagi a’zolari tomonidan tayyorlangan, ustoz va murabbiylarni ulug‘lovchi she'riy kompozitsiya olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech