• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sizlarning jasoratingiz yoshlarga o‘rnak!

08 May 2024, 13:0 389

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov shahrimizda istiqomat qiluvchi, 98 yoshni qarshi olgan, urush davri mehnat fronti faxriysi Usmon ota Nosirov xonadoniga tashrif buyurdi.

Abdulla Xursanov Prezidentimizning yo‘llagan tabriklarini Usmon otaga yetkazar ekan, uning hayot yo‘li yoshlarga ibrat bo‘lishini, nuroniylar hamisha rahbariyat e'tiborida ekanligini ta'kidlab, otaga o‘z samimiy tilaklarini bildirdi.

Bugun salkam 100 yoshga kirayotgan, 3 nafar o‘g‘ilning otasi, 7 nafar nabira va 6 nafar evaraning sevimli bobosi bo‘lgan Usmon otaga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Usmon ota suronli urush davrlarini yodga olar ekan, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish lozimligini, hech qachon urush bo‘lmasligini, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon yashashini tilab, duo qildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar bois ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech