"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, kombinat rahbariyatining tashabbusiga ko‘ra, Yangi yil bayrami munosabati bilan Bo‘stonliq tumanidagi “Santa Klaus qishlog‘i” nomli ko‘ngilochar parkida tashkil etilgan turli xil ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalarga kombinat ishchi-xodimlarining farzandlarini ham olib borish yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi e'tibordan mamnun bo‘lgan ishchi-xodimlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Bo‘stonliq tumanidagi ertaknamo Santa Klaus qishlog‘idagi bayram tomoshalari Yangi yil bayramida farzandlarimizga bir olam quvonch bag‘ishladi. Zamonaviy avtobuslarda shahrimizdan Bo‘stonliq tumaniga olib borish, yana shahrimizga olib kelish, Santa Klaus qishlog‘ida ulashilgan shirinliklarni jamlagan bayram sovg‘alari, ertak qahramonlari ishtirokida sahnalashtirilgan tomoshalar barchasi ajoyib. Bolajonlarimiz uchun ajoyib bayram sovg‘asini hozirlagan kombinat rahbariyatiga o‘z tashakkurimizni bildirib qolamiz. Shuningdek, yo‘lda xavfsizligimizni ta'minlagan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga alohida rahmat deydi, - Mis boyitish fabrikasi Reagent tayyorlash bo‘limi xodimlari Madina G‘ulomova, Rushana Matmurodova, Mis eritish zavodi ish taqsimlovchilari Dilorom Xalilova va Gulnoza Axunova.
Ma'lumot uchun: 2025-yil 2-19 yanvar kunlari(har kuni ikki seans jami bo‘lib 10 000 nafar. 2024-yil 25-30 dekabr kunlari ham olib borilgan) bolajonlar ota-onalari hamrohligida teatr tomoshalariga olib boriladi. Teatr tomoshalari bepul bo‘lib, tomoshaga borib kelish uchun tashkilotchilar tomonidan transport yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir bolaga bayram sovg‘alari ham ulashilmoqda.
Axborot xizmati