• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

19 Aprel 2022, 14:9 1984

Inson sog‘-salomat bo‘lsa xotirjam fikr yuritib, zimmasidagi vazifani sidqidildan bajaradi. Belgilagan rejalarini to‘liq amalga oshiradi. Ulkan marralar va muvaffaqiyatlarga erishadi.

Shu sababli ham yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholi salomatligini asrashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazish an'anaga aylandi.

Bu kabi tadbirlarning navbatdagisi 16-aprel kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bo‘limi tomonidan tashkil etildi.

Unda, O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi Olmaliq hududiy filiali nuroniylari, kombinat ishchi xodimlari va ularning farzandlari ishtrok etishdi.

Dastlab sog‘lomlashtirish tadbiri qatnashuvchilari 5000 ming qadam tashlagan bo‘lsalar, shundan so‘ng badanni qizdirish mashqlarini bajarishdi.

Shu kunning o‘zida 400 metr masofaga yugurush bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar erkaklar va ayollarga ajralgan holda 7 ta guruhga yani 18 yoshgacha bo‘lganlar, 19-25 yoshgacha, 25-30 yoshgacha, 31-40 yoshgacha, 41-50 va 51-60 yoshgacha hamda 60 yoshdan kattalarga bo‘lingan holda bellashishdi.

E'tiborlisi, sport musobaqasida eng yosh va eng yoshi kattalar ham aniqlandi. Eng yosh, deya Doston Hazratqulov va Nazokat Abdujalilovalar topilgan bo‘lsa, yoshi ulug‘ sifatida erkaklardan 83 yoshli Xalyaf Xamzin ayollardan esa 73 yoshli onaxon Tamara Smolyanovalar deya e'tirof etildi.

Tadbir so‘ngida musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Hokim Boxirov,

Jismoniy tarbiya-sport bo‘limi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech