• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Spartakiada-2022” musobaqasi qizg‘in pallada

12 Aprel 2022, 9:52 1150

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi tomonidan tashkil etilgan an'anaviy “Spartakiada-2022” sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.

O‘tgan dam olish kunlari musobaqa doirasida shashka bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bahslarda 1-guruhda kuchli uchlikdan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmasi, Mis eritish zavodi jamoalari joy olishdi. 2-guruhda esa 2-Mis boyitish fabrikasi, Portlatish materiallar zavodi hamda Ijro apparati jamoalari g‘olib bo‘lishdi.

Shuningdek, 3-guruhda spartakiada doirasida “Alpomish va Barchinoy” sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda Angren kon boshqarmasi-1, Shaxtaqurilishboshqarmasi-1 hamda Angren kon boshqarmasi-2 jamoalariga teng keladigani topilmadi.

1- va 2- guruhlardagi jamoalar o‘rtasidagi o‘tkaziladigan mazkur musobaqa ma'lum sabablarga ko‘ra, oktyabr oyiga qoldirildi.

Musobaqalar davom etadi.

Hokim Boxirov,

Jismoniy tarbiya-sport bo‘limi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech