• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Spartakiada-2022: "Otam, onam va men - sportchilar oilasi"

21 Iyun 2022, 15:55 901

Kuni kecha OKMK tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida tashkil etilgan “Spartakiada-2022” sport musobaqasining navbatdagi bahslari boʻlib oʻtdi.

Spartakiada doirasida "Otam, onam va men - sportchilar oilasi" shiori ostidagi oilaviy sport musobaqasi tashkil etildi.

2-guruhdagi jamoalari bahslarida  Ohak zavodi, Portlovchi materiallar zavodi, Texnologik transport boshqarmasi jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

1-guruhdagi bahslarda esa 1-oʻrinni - Mis eritish zavodi jamoasi egalladi.

Markaziy taʻmirlash mexanika zavodi jamoasiga 2-oʻrin nasib etdi.  "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti 3-oʻringa loyiq koʻrildi.

3-guruhdagi bahslarda 1-Angren kon boshqarmasi jamoasi gʻolib boʻldi. Shaxtaqurilish boshqarmasi jamoasi 2-oʻrinni, 2-Angren kon boshqarmasi jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblari "Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Hokim Boxirov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi sport-jismoniy tarbiya boʻlimi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech