• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Spartakiada-2023” sport musobaqasi start oldi

14 Fevral 2023, 15:2 1018

Joriy yilning 10-fevral kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari o‘rtasida har yili an'anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Spartakiada” sport o‘yinlariga start berildi.

“Spartakiada-2023” sport musobaqalarida kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan iborat 36ta jamoa 3 guruhga bo‘lingan holda sportning 12 turi(voleybol, stritbol, stol tennisi, “Alpomish va Barchinoy”, badminton, shaxmat, armrestling, darts, estafeta, shashka, girya sporti, oilaviy sport) bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqa doirasida dastlab voleybol bo‘yicha bahslar tashkil etildi. Unga ko‘ra, guruhdagi nimguruh jamoalari o‘rtasidagi bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi.

Jumladan, 1 guruhning 1-nimguruhida Mis eritish zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

2-nimguruhda esa Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalari g‘olib bo‘lishdi.

2-guruhning 1-nimguruhida OKMK Ijro apparati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Texnik nazorati xizmati jamoasiga nasib etdi. Markaziy tahlil laboratoriyasi jamoasi 3-o‘rinni zabt etdi.

Shu guruhning 2-nimguruhida Kovuldi koni, Issiqlik elektr markazi, uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi jamoalari g‘oliblar safidan joy olishdi.

3-guruhning 1-nimguruhida esa 1-Angren kon boshqarmasi, 1-Shaxtaqurilish boshqarmasi, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalariga teng keladigani topilmadi.

2-nimguruhda esa 2-Angren kon boshqarmasi, 2-Shaxtaqurilish boshqarmasi, “Angren Pipe Plant” MChJ jamoalari yuqori o‘rinlarni egallashdi.

Musobaqalar joriy yilning dekabr' oyiga qadar davom etadi.

Hokim Boxirov,

OKMK  xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya-sport bo‘limi mudiri

Bo`lishmoq:
Text to speech