Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinayotgan “Spartakiada” o‘yinlarining bu yilgi mavsumiga joriy yilning 22-fevral kuni start berildi.
“Metallurg” o‘yingohi sport zalida tashkil etilgan tadbirda “Spartakiada-2024” musobaqasi yakunlari sarhisob qilindi.
Tadbirda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamda jismoniy tarbiya va sport mas'ullari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari, sport yo‘riqchilar ishtirok etishdi.
Jumladan, 1-guruh(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Mis eritish zavodi, Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi), 2-guruh(Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Kovuldi koni, Texnologik transport boshqarmasi), 3-guruh(Angren kon boshqarmasi-1, Shaxtaqurilish boshqarmasi-1, Angren kon boshqarmasi 2-avtokollona-2) g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, tarkibiy bo‘linmalarning eng faol sport yo‘riqchilari ham rag‘batlantirildi.
O‘tgan yili jamoalar 12 ta sport turi bo‘yicha bahs olib borishgan bo‘lishsa, bu yil jamoalar 13 ta sport turi bo‘yicha bellashadilar.
Tadbirda, Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Bu borada OKMKda ham bir qator ishlar bajarilayotgani ta'kidlanib, bu yilgi spartakiada musobaqalarida jamoaviy sport turlaridan bo‘lgan basketbol va gandbol turlari bo‘yicha ham bahslar tashkil etilishi bildirildi.
Tadbir davomida "Metallurg" MS ijodiy guruhlarining badiiy chiqishlari ham namoyish etildi.
Shu kuni “Spartakiada-2025” sport musobaqasi doirasida guruh jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha ham bahslar ham o‘tkazildi.
Hokim Boxirov,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
jismoniy tarbiya va sport bo‘limi mudiri
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: