• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Spartakida o‘yinlari davom etadi

18 Iyul 2022, 9:57 1337

OKMK tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan Spartakida o‘yinlarining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Shaxmat bo‘yicha birinchi guruh jamoalari o‘rtasidagi bahslarda Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Mis eritish zavodi jamoasi esa ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Avtomobil' transport boshqarmasi jamoasi esa uchinchi bo‘ldi.

Ikkinchi guruh jamoalari o‘rtasidagi bahslarda esa Ijro apparati, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Issiqlik elektr markazi jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Angren hududida joylashgan korxonalar ya'ni uchinchi guruh jamoalari bahslaridan so‘ng quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin Angren kon boshqarmasi-1.

2-o‘rin Angren kon boshqarmasi-2.

3-o‘rin Shaxtaqurilish boshqarmasi-1.

4-o‘rin 2-avtokorxona.

5-o‘rin Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati.

6-o‘rin Angren quvur zavodi.

7-o‘rin Shaxtaqurilish boshqarmasi-2.

 Hokim Bohirov,

jismoniy tarbiya-sport bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech