Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 10-mart kuni “OKMKda ayollarga ehtirom” haftaligi doirasida “Metallurg” stadionida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik garovi” shiori ostida gimnastika mashg‘ulotlari hamda sportning shaxmat, shashka va darts turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Jumladan, shaxmat bo‘yicha bahslarda S.Aliqulova(MTMZ), Sh.Temirova(IEM) va U.Omonova(ATB)lar g‘olib bo‘lishdi.
Darts bo‘yicha bahslarda esa Z.Almatova(MBF), K.Kovrigina(STTB), A.Abdumutalova(Markaziy apparat)lar sovrindor bo‘lishdi.
Shashka bo‘yicha bahslarda Sh.Jo‘raeva(MBF), S.Turg‘unboyeva(STTB), S. Qurbonboeva(MTMZ)lar kuchli uchlikdan joy olishdi.
Musobaqalarning g‘oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Sh.Kucharov,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi madaniy-ma'rifiy va
sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis