• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sport sog'lik garovi

24 May 2022, 8:26 1453

Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda Tajriba boyitish fabrikasi xodimlari barcha ishtirokchilardan jismoniy imkoniyatlari ustun kelib g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Jumladan, tegirmon mashinisti Abdullaziz Abdumalikov, elektrogazopayvandchi Bobur  Abdukarimov, flotator Umid Alimboyevlar kuchli uchlikni band etishdi.

G'olib va sovrindorlar OKMK kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Erjan Mo'minov,

Innovatsion markazi sport yo'riqchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech