• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sport - sog‘lom hayot garovi

29 Mart 2024, 13:26 217

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75 yilligi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan tarkibiy bo‘linmalarda ko‘plab sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilnining 20-mart kuni Avtomobil transporti boshqarmasi Yoshlar ittifoqi Kengashi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sport yo‘riqchisi hamkorligida sportning shashka, armrestling va stol tennisi turlari bo‘yicha ishchi-xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

ATB yoshlar ittifoqi raisi Azamat Abdujabborovning xabariga ko‘ra, qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda shashka bo‘yicha kuchli uchlikdan O‘.Rasulov, T.O‘razqulov, U.Amanova joy olishdi.

Armrestling bo‘yicha bahslarda A.Turg‘unboyevga teng keladigani topilmadi. A.Ergashboyev va S.Qudiyarovlar ham sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

Stol tennisi bo‘yicha bashlarda R.Abdug‘aniyev, A.Madaliyev, B.Haydarovlar g‘olib bo‘lishdi.

Bundan tashqari, 2-Mis boyitish fabrikasida ham kombinatning 75 yilligi hamda fabrikaning 70 yilligiga bag‘ishlab arqon tortish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Fabrika yoshlar ittifoqi raisi v.b. O‘ktam Begmatovning ma'lum qilishicha, qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan bellashuvda Yanchish va flotatsiyalash bo‘limining "8GR8" jamoasin 3-o‘rinni egalladi.

Ushbu bo‘limning “Flotatsiya” jamoasiga 2-o‘rin nasib etdi.

Yanchish va flotatsiyalash bo‘limining “Elektrosex” jamoasi esa musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

"Navro‘z" umumxalq bayrami va kombinat 75 yilligi munosabati bilan "Yoshlik-1" koni direksiyasi ishchi-xodimlari o‘rtasida ham arqon tortish va bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Direksiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Dilnoza Irgashevaning xabar berishicha, bahslarda g‘oliblikni kapital qurilish bo‘limi jamoasi g‘olib bo‘lgan.

Mexaniklar jamoasi faxrli 2-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Geologlar jamoasiga 3-o‘rin nasib etgan.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka bo‘yicha bahslarda X.Abdusamiyeva, S.Panova, E.Ablyazovalar g‘oliblar safidan joy olishdi.

Musobaqalar g‘oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech