Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Alpomish va Barchinoy” sport musobaqasi

04 Aprel 2025, 12:50 818

Joriy yilning 29-mart kuni 3-Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining, sport va sog’lomlashtirish va yoshlar masalalari boʻyicha komissiyalari tashabbusi bilan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarini unumli tashkillashtirish, ularni sportga jalb etib sog’lom turmush darajasini oshirish va bu bilan ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish maqsadida fabrikaning 30 yoshdan katta va 30 yoshdan kichik erkak va ayol ishchi - xodimlari oʻrtasida “Alpomish va Barchinoy” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqa uzunlikka sakrash, estafeta yugurish, granata uloqtirish kabi bahslar boʻyicha oʻtkazildi.

Qizg’in bahs va munozaralarga boy boʻlgan sport musobaqasi natijalariga koʻra,

30 yoshdan katta erkaklar boʻyicha Maydalash sexi maydalovchisi Muhiddin Eraliyev g’oliblikga erishdi.

30 yoshdan kichik erkaklar boʻyicha esa Maydalash sexi maydalovchisi Erali Sheraliyev Erali g’oliblikni qoʻlga kiritdi.

30 yoshdan katta ayollar boʻyicha g’oliblikga Reagent sexi ish taqsimlovchisi Mohinur Abduraxmonova  sazovor boʻldi.

30 yoshdan kichik ayollar boʻyicha g’oliblik esa Xoʻjalik uchastkasi ishchisi Shaxnoza Djalolovaga nasib etdi.

G’oliblar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Abbos Ashirov,

Sport va sog’lomlashtirish komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech