"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o‘rtasidagi hamkorlik doirasida MBA - Global menejment magistratura mutaxassisligi tinglovchilari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, OKMKning yetakchi vakillari, jumladan “Strategiya va operatsion samaradorlikni oshirish” bo‘limi boshlig‘i Bobur Siddiqjonov va “Barqaror rivojlanish (ESG)” bo‘limi boshlig‘i Rustam Axmedov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida OKMKda konlardan maʻdanni qazib olishni boshlashdan metallni qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan uzluksiz texnologik zanjir, ishlab chiqarish quvvatlari, eksport ko‘rsatkichlari va jahon bozoridagi o‘rniga oid batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, kombinatning yirik sanoat korxonalari bilan xalqaro hamkorlik loyihalari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslari, yangi konlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish strategiyalari, ekologik barqarorlik va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tinglovchilarning amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Manba: https://gsbe.uz