Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma'danlarni boyitish fabrikalariga tashish ishlarini hamda kombinatga keluvchi yuklarni o‘z manzillariga yetkazish Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi tomonidan amalga oshirib kelinadi.
Ishga bo‘lgan jiddiy yondashuv, qat'iy ijro intizomi hamda fidoyilik sabab mazkur mehnat jamoasi tomonidan 2022 yilning 7 oyi rejalari oshig‘i bilan bajarilishiga erishildi.
Jumladan, hisobot davrida kombinat temiryo‘lchilariga 16 407 033 m kub tog‘ jinsi tashish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, amalda 16 442557 metr kub tog‘ jinsi o‘z manziliga yetkazilgan. Rejaviy vazifa 105%ga uddalangan. 8 383 880 metr kub (reja 8 169 355 metr kub) ustki qatlam tashilib, vazifa 102,6%ga bajarilgan.
Mis boyitish fabrikasiga ma'dan tashish doirasida 22 496 391 tonna tog‘ jinsi o‘z manziliga yetkazilib, reja 100,1%ga uddalangan. Shuningdek, Sari Cho‘qqi kar'eridan MBFga va 2-MBFga 3 334816 tonna ruda tashilgan holda topshiriq 115,7%ga bajarilgan.
STTB mehnat jamoasi tomonidan 4 241 151 tonna-kilometr tayyor mahsulot tashilib, reja 110,5%ga ado etilgan.
2022 yilning yanvar-iyul holatiga temiryo‘l transporti orqali jami bo‘lib 663 798 279 tkm yuk o‘z manzillariga yetkazilib, reja 100%ga bajarilishiga erishilgan.
Axborot xizmati