• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

STTB mehnat jamoasi yillik marrani zabt etdi

28 Dekabr 2022, 13:41 1374

Yil yakunlanar ekan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir qator tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni birin-ketin bajarishmoqda.

Kombinatning qon tomiri bo‘lgan Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi mehnat jamoasi ham yillik marrani muddatida avval zabt etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Xususan 2022-yilning 27-dekabr kuni kon ustki qatlamini tashish rejasi 100,1%ga bajarildi. Reja bo‘yicha 14,0 mln m3 kon ustki qatlam tashilishi kerak edi.  Amalda – 14,011 mln m3 natija qayd etildi.

Shuningdek, 2-Mis boyitish fabrikasiga ma'dan tashish bo‘yicha rejadagi 4,81 mln tonna o‘rniga, amalda – 4,86 mln tonnani tashkil etib, reja 100,8 % ga bajarildi;

Bundan tashqari, noruda qurilish materiallari (qum, sheben) ishlab chiqarish rejasi ham 118,5%ga adlo etildi. 2022 yilda 216 538 m3 noruda qurilish materiallari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 256 650 m3 lik natija qayd etildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech