Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy Arxeologiya markazi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida tayyorlangan “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasining ochilishi tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, Olmaliq shahar va Ohangaron shahar hokimliklari mas'ullari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, kombinat yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh muhandis Sergey Larionov, o‘rinbosar Kamoliddin Salimov, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i Ilhom Temurov, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari Sohib Ahmedov, Ohangaron shahar hokimi maslahatchisi Botir Rahimov, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori ilmiy tadqiqot ishining ilmiy rahbari Ahmadali Asqarovlar ushbu ko‘rgazmaning naqadar ahamiyatli ekanligini ta'kidlashdi. Shuningdek, ushbu ko‘rgazma Ohangaron vohasi hamda Olmaliq shahri hududining boy tarixini o‘rganishda muhim ekanligini bildirishdi.
Tadbir davomida ko‘rgazmaning tashkil etilishida faollik ko‘rsatgan O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori ilmiy tadqiqot ishining ilmiy rahbari Ahmadali Asqarovga kombinat rahbariyati nomidan tashakkurnoma taqdim etilib, zarbof to‘n kiygizildi.
Mehmonlar tomonidan ramziy lenta qirqilib, “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasi rasman o‘z faoliyatini boshladi.
- Biz OKMK xomiyligida 2022 yilda Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligida arxeologik qazishma ishlarini olib bordik, - deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarixi instituti doktoranti Ubaydulla Ismoilov. – Qazishmalari davomida topilgan topilmalardan iborat ko‘rgazma ham tayyorladik. Ushbu ko‘rgazmadan jami bo‘lib 350ta turli xil arxeologik topilmalar o‘rin olgan. Ushbu topilmalar ichida taxminan 2000 yildan oldingi davrga oid buyumlardan tortib, 12-13 asrga oid buyumlar ham o‘rin olgan. Ko‘rgazmada 1200 yillik davrni qamrab olgan tarixiy buyumlar mavjud.
Axborot xizmati