• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Svetlana - "Bahor malikasi"

30 Mart 2022, 13:58 1763

OKMK Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat markazida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar, tanishtiruv, pazandalik hamda erki mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘lgan tanlov yakunlariga ko‘ra,  Vagon xizmati vakilasi Gulnoza Nusratullayeva “Eng maftunkor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Ma'muriy xo‘jalik xizmati vakilasi Gulmira Ismatillayeva esa “Eng latofatli”, boshqarma sharafini himoya qilgan Gulsanam Nuriddinova esa “Eng chaqqon” nominatsiyasi nominantlari bo‘lishdi.

“Eng zukko” nominatsiyasiga noruda qurilish materiallar kar'yeri vakilasi Dinora Qurolova munosib ko‘rildi.

1-temiryo‘l sexi sharafini himoya qilgan Svetlana Lunkina “Bahor malikasi” deya e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, tanlov g‘olibasi bo‘lgan Svetlana “Kombinat go‘zali” tanlovining saralash bosqichiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Svetlana saralash bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovning final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

Obid Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu