• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘z vaqtidagi ta'mir – uskunani sifatli ishlashini ta'minlaydi

19 Aprel 2022, 10:8 1291

Sir emas texnologik uskunalar ma'lum vaqt ishlagandan so‘ng, profilaktika tekshiruvlari va turli xil rejali ta'mirlash ishlari olib boriladi. Rejaviy profilaktik ta'mirlash ishlari tizimli ravishda – har 6 oyda amalga oshiriladi. OKMK texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi Ohak zavodida ayni kunlarda rejaviy profilaktik ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'mir ishlariga Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Mis eritish zavodi kabi korxonalardan ishchi-xodimlar jalb etilgan.

Shuningdek, Avtomobil transport boshqarmasi tomonidan transport vositalari ham ajratilagan.

Ta'mir jarayonida zavoddagi mavjud kuydirish pechi, 8ta tasmali konveyr, 2 dna V300 elevatori, 2ta rolikli tayanch, 32ta guruh siklonlari, 4 dona yakkalik dud quvurlari ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 15-aprel kuni boshlangan ta'mir ishlari 29-aprelga qadar davom etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech