Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tabiatni asrash – bizning umumiy ma’suliyatimiz!

16 Aprel 2026, 10:34 67

Atrof-muhitni asrash, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish hamda ekologik muvozanatni ta’minlash bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotgan dolzarb masalalardan biridir. Yashil hududlarni kengaytirish, havo sifatini yaxshilash va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan tashabbuslar jamiyat taraqqiyotining muhim mezoniga aylangan.

Ana shu ezgu maqsad yo‘lida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida OKMKning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ham faol ishtirok etyapti. Trest rahbarining umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Akmal Abduqodirovning maʻlum qilishicha 12,4 gektar umumiy maydonda 89 ming 50 dona terak ko’chatlari hamda 106 mingta qalamchalar ekildi. Bundan tashqari, trest ishchi-xodimlari tomonidan issiqxonalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda 76 dona limon ko’chatlari ekilgan bo’lib, o’tgan yili 1 tonnadan ortiq hosil olingan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilgan.

Umummilliy loyiha doirasida trestga biriktirilgan “Quruvchilar bog‘i”da ham obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilib, 3 mingdan ortiq mevali hamda manzarali daraxtlar ekildi.

Trestga biriktirilgan “Mustaqillik” ko‘chasiga ham qariyb 200 tup uzum ko’chatlari, 2 mingga yaqin rayhon va atirgullar o’tqazildi.

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar nafaqat hududlarning ekologik holatini yaxshilash, balki yashil maydonlar ko‘lamini kengaytirib, aholi uchun qulay va musaffo muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, mazkur tashabbuslar jamoatchilik orasida tabiatga mehr va mas’uliyat hissini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech