Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xalqimizning eng katta boyligi - davlat tilimizning 34 yilligi munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab, turli tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, OKMK bo‘linmalari ham til bayramini munosib kutib oldi.
Kuni kecha O‘quv markazi mehnat jamoasi ishtirokida “Tafakkur sohiblari” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Markazning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Niyozmetov tashabbusi bilan o‘tkazilgan bahslarda ishchi-xodimlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Jamoalar XI-XIX asrlarga to‘g‘ri keladigan qadimgi o‘zbek tili tarixi, unda ijod qilgan ma'rifatparvarlar faoliyati bilan bog‘liq 10 dan ortiq savollarga javob yo‘llashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, “Bilimdonlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin esa “Kitobxonlar” jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, eng faol ishtirokchi sifatida Nazira Abdurahmonova ham rag‘batlantirildi.
G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Almira Volkova,
OKMK Ijro apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi