• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

“TAKRAF GmbH” kompaniyasi vakillari OKMKda

01 Aprel 2022, 14:18 1534

Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinat rahbariyati, mutaxssislari hamda Germaniyaning  “TAKRAF GmbH” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda har ikki tomon o‘rtasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

“TAKRAF GmbH” ochiq konlarni qazib olish sohasidagi har qanday kon loyihalari uchun mashinalar, uskunalar va inshootlarni ishlab chiqish, loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish, omborxonalar uchun uskunalar, vagonlarga yuklanadigan ommaviy yuklarni qayta yuklash sohasida taniqli kompaniya sanaladi.

1725 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan mazkur kompaniya o‘z uskunalarini dunyoning ko‘plab mamlakatlariga yetkazib beradi. Jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Avstraliya, AQSh, Chili,Janubiy Afrika, Xitoy, Hindiston, Gresiya, Sharqiy Yevropa va MDH kabi mamlakatlar ushbu kompaniya uskunalaridan foydalanishadi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan OKMK uchun  konchilik sohasida kompleks tizimlar taklif qilindi. Shuningdek, kompaniya vakillari “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasida ishtirok etishga tayyorligini bildirishdi.

Amir Obidov,

OKMK xodimi, professor

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu