Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Taktik oʻquv mashgʻuloti a’lo baholandi

08 Iyul 2025, 14:55 815

Kuni kecha Sanoat temir yoʻl transport boshqarmasi Energiya ta’minoti xizmatining Kontakt tarmoqlari hududida taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulot ssenariysiga koʻra, yuqori kuchlanish ostidagi kontakt tarmogʻi yerga tushib, olovli chaqnash hosil boʻlishi natijasida yogʻoch shpallar yonib ketadi. Yuzaga kelgan yongʻin oqibatida sex kommunikatsiyalari buzilib, portlash yuz berib vayronalar ostida ishchilar qolib ketadi. Vayronalar natijasida jarohat olgan ishchilar xafvsiz joyga evakuatsiya qilindi.

Tadbirda OKMK obyektlarida yongʻin xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish boʻlimi mas’ul vakillari, Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri Q.Dushanov, STTB boshligʻining TMB butligi boʻyicha oʻrinbosari M.Madmarov, korxona sanoat xavfsizligi boʻyicha yetakchi muhandisi Sh.Nomozov va koʻngilli qutqaruv boʻlinmalari ishtirok etishdi.

Mas’ullar favqulodda vaziyatlar va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda unga amal qilish toʻgʻrisida tushunchalar berib, ishchi-xodimlarga shaxsiy xavfsizlik qoidalariga har qanday vaziyatda amal qilishlarini eslatib oʻtishdi.

Taktik oʻquv mashgʻuloti a’lo baholandi.

Z. Ataxonov,

STTB favqulodda vaziyatlar boʻyicha muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech