Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33... Yer qimirlashi natijasida Ohak zavodining kuydirish sexi binosi qulab tushadi. Sex binosi ichida jabrlanganlarni zudlik bilan olib chiqish uchun korxona fuqaro muhofazasi tuzilmalari zudlik bilan ishga kirishishdi. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bois dispetcher tomonidan barcha qutqaruv xizmatlari xabardor qilindi. Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha barcha qutqaruv xizmatlari safarbar etildi.
Dastlab, bino ichidagi jabrlanganlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilinib, ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu holat Ohak zavodida tashkil etilgan “Texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda holatlarni bartaraf etishda qutqaruv tuzilmalarining harakati” mavzusidagi taktik o‘quv mashg‘ulotning ssenariysidan edi.
Tadbirda barcha qutqaruv tuzilmalari, tibbiy xizmat hamda Fuqaro muhofazasi otryadining yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdagi hatti-harakati tahlil etildi.
Taktik o‘quv mashg‘uloti yakunida zavod qutqaruv tuzilmalariga qoniqarli bahosi qo‘yildi.
Axborot xizmati