• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Taktik o‘quv mashg‘ulotiga “yaxshi” bahosi qo‘yildi

22 Fevral 2022, 16:25 1461

Bugun Mis kompleksida yong‘in taktik o‘quv mashg‘uloti hamda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbirda Mudofaa vazirligining alohida bataloni shaxsiy tarkibi,Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Olmaliq shahar FV bo‘limi rahbariyati, kombinat fuqaro muhofazasi otryadi, Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi, o‘t o‘chiruvchilar ishtirok etishdi.

Seminarning nazariy qismida Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Tikashev hamda boshqa mas'ullar so‘z chiqib, barchani ogohlikka chorladi.

2021-yilda mamlakatimizda, viloyatda hamda shahrimizda sodir bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish holatlari va ularning sabablari tahlil etildi. Jumladan, 2021-yilda Respublikamizda 144ta favqulodda vaziyat sodir bo‘lib, ularning 93tasi texnogen, 51tasi esa tabiiy tusga ega. Ro‘y bergan holatlar bo‘yicha 279 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan. 335 nafar fuqaro esa vafot etgan. Yurtimizda o‘tgan yilda jami bo‘lib 10667ta yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada 240 nafar fuqaro turli darajada kuyish jarohatini olgan, 112 nafari esa nobud bo‘lgan. Ahamiyatlisi, 2021-yilda kombinatda yong‘in holatlari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Seminarning amaliy qismida yong‘in taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda yong‘in xavfsizligi texnika vositalari va o‘t o‘chirish vositalari namoyish etildi. Ro‘y bergan yong‘in holatida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining qutqaruvchilari, o‘t o‘chiruvchilar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujina a'zolarining qanday harakat qilishi baholandi. Shuningdek, yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ishchilarni xavfsiz joyga evakuasiya qilish kabi vazifalar bajarildi.

Mutaxassislar tomonidan Mis kompleksining yong‘in gidrantlari, kranlar, suv havzalari, o‘t o‘chirish vositalari tekshirildi.

Mas'ullar tomonidan savollarga batafsil javob berildi. Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan seminarga “yaxshi” bahosi qo‘yildi

Rahmatullo Qurbonov,

Fuqaro muhofazasi otryadi boshlig‘ining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech