"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Yong‘in xavfsizligi xizmati, yong‘in o‘chiruvchilarining yuqori jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘t o‘chiruvchilar bilan taktik-o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha birlashmada Yong‘in o‘chirish saf tayyorgarligi bo‘yicha “Ekipajning jangovar yoyilishi”, “Suv olish gidrantiga kolonkani o‘rnatish hamda lafet dastagi bilan suv yo‘lini yoyish va suv berish”, “Uch pog‘onali narvonni binoga o‘rnatish va yuqori qavatga ko‘tarilish”, “Yong‘in o‘chirish mashinasi orqali ko‘pik uzatish” amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlar o‘t o‘chiruvlarning jangovar tayyorgarligi va tezkorligi, bilim ko‘nikmalarini oshirish, ularda yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish mahoratini mustahkamlamoqda va shu qatori korxona ishchi-xodimlari hayoti va moddiy boyliklarini asrab qolishda yaxshi samara beradi.
Lobar Ziyayeva,
Birlashma Yong‘in xavfsizligi xizmati muhandisi