Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sir emas oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar nazariy bilim olish barobarida o‘qiyotgan mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan yaqindan tanishishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonini yaqindan kuzatish talabaga o‘z sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishga yordam beradi. OKMK O‘quv markazi tomonidan bir qator oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalariga tashkil etilayotgan sanoat ekskursiyalari ham aynan shu maqsadni ko‘zlagan.
Kuni kecha Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasining boyitish fabrikasiga Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabalari uchun sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, Mis eritish zavodida ham Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali hamda MTTU MISiSning Olmaliq filiali talabalariga ham sanoat ekskursiyasi tashkillashtirildi.
Dastlab, talabalar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Ekskursiya davomida talabalar texnologik ishlab chiqarish jarayonini yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
R.Mirzayeva,
A.Daniyarov,
O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustalari