Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda

23 Sentyabr 2026, 8:7 78

Kuni kecha Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari va korxona rahbariyati hamda mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda temir yo‘l transporti sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida korxona faoliyatidagi amaliy muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu borada universitetning ilmiy salohiyati hamda korxona mutaxassislarining amaliy tajribasini birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va ishlab chiqarish mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Shuningdek, talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti va dual ta’limini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash hamda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida temir yo‘l transporti sohasidagi dolzarb vazifalarga ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech