"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga qarashli maktabgacha taʻlim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida mahorat darsi tashkillashtirildi.
Prezidentimizning "Bolalar uchun mo'ljallangan milliy kontentlarni yaratish va ularni ommalashtirishni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash va sun’iy intellektni maktabgacha ta’limda qo'llash, tarbiyachi pedagog xodimlarni yangi innovatsion texnologiyalar asosida ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish,ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida tashkil etilgan mahorat darsida ishtirokchilar bolalarning ijodiy tafakkuri va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli interaktiv o‘yinlarni namoyish etib, ularning o‘quv-tarbiyaviy ahamiyatini amalda ko‘rsatib berishdi.
Shunigdek, mahorat darsida pedagoglar sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari, sun'iy intellekt yordamida dars jarayonini samarali tashkil etish usullari, bolalarda ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv dasturlar bilan ishlash yo‘llari bilan tanishtirildi.
Tadbirda ijodkor va serqirra pedagoglar "Bilolbek bilan Buyuk ipak yo'liga sayohat", "Matematik jumanji", "Bilim bot", "Zumrad va qimmat", "Timsohvoy bilan sayohat", "Aqlvoy", "Afrosiyob", "Oyqiz bilan birga o'ynaymiz" kabi turli interfaol o'yinlar taqdimotini ko'rsatishdi.
Tadbir davomida pedagoglar mahorat darsi orqali sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashdilar va o‘z faoliyatlariga tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ozoda Kamolova,
IOB maktabgacha taʻlim boʻlimi boshlig'i v.b.