Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ixtisoslashtirilgan ta'mir-montaj sexining tarixi 1998-yili O‘zbekiston maxsus ta'mir-qurilish boshqarmasi tugatilib, uning 2-uchastkasi negizida Mis eritish zavodining ta'mirlash-montaj sexini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi bilan boshlanadi. Huddi shu yilning avgustida sexda o‘tga chidamli g‘isht teruvchilar bo‘linmasi tashkil etildi va sexga Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-montaj sexi nomi berildi. Mazkur sex poydevori va ta'mir texnologiyalari ishlab chiqilishida sexning birinchi boshlig‘i bo‘lgan Afanasiy Sanning hissasi alohida bo‘ldi.
2002-yildan 2015-yilga qadar ta'mir-montajchilar jamoasiga Vladimir Cheglinsev rahbarlik qilib keldi. 2015-2017 yillar davomida ITMSga “metallurgiya uskunalari jarrohi” degan xalqona e'tirofni qozongan Komiljon Shodmonov yo‘lboshchilik qildi. 2017-yildan boshlab to hozirgi kungacha sex yosh izlanuvchan, serg‘ayrat muhandis-texnik xodimlardan biri bo‘lgan Abduhakim Raushanov rahbarligi ostida faoliyat yuritib kelmoqda.
Eritish bo‘limi texnologik uskunalari ta'miri uchastkasi tomonidan nafaqat MEZ, balki kombinat, shuningdek mamlakatimizdagi sanoat korxonalari texnologik uskunalarida kapital, joriy ta'mir ishlari, montaj va demontaj ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Sulfat kislotasi sexi texnologik uskunalarini ta'mirlash uchastkasi ham sul'fat kislotasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining kombinatda yildan-yilga oshib borishiga munosib ulush qo‘shib kelayapti. O‘tgan yillar davomida sex Mis eritish zavodining ahamiyatli sexlaridan biriga aylandi. Hattoki mamlakatimiz ahamiyatiga molik ishlar ishonib topshirilgan sexning asosiy vazifalariga zavodning barcha asosiy va yordamchi uskuna-jihozlarini joriy va kapital ta'mirlash kiradi. Shuningdek, sex ishchi-xodimlari tomonidan Olmaliq shahrida joylashgan zavod otalig‘iga berilgan ijtimoiy obyektlar, bolalar bog‘chasi hamda maktablarda ta'mirlash ishlari ham olib boriladi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, bu ishchi- ta'mirchilarning mehnati Kamyob metallar ishlab chiqarish sexidagi 4-5 pechlarning qurilishida, Sulfat kislotasi sexining SK-4 bo‘linmasining qurilishida, Metallurgiya sexidagi suyuq vannada eritish pechi, shlaklarni qayta shlashda yangi maydalash uskunasi, Jizzax sement zavodidagi ta'mirlash ishlari, Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi ishlarida singgan.
Bir so‘z bilan aytganda, zavod jamoasi tomonidan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni bajarishda uskuna va jihozlarning uzluksiz ishlashida Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash- mont aj sexining o‘rni katt a va u boshqa metallurgiya korxonalari texnologiyalaridan tubdan farq qiluvchi murakkab jarayonlarni o‘zida mujassam etgan. Jamoa zimmasidagi vazifalarning amalga oshirib borilishi sexning mexanika uchastkasi ta'mirchilariga uzviy bog‘liq. Bu uchastkani esa katta usta Komiljon Shodmonovsiz tasavvur qilish qiyin. Xalqimizda “Ota kasbi - oltin meros” degan ibora bor. Komiljon Shodmonovning to‘ng‘ich farzandi Rustam Sulfat kislotasi sexi katta mexanigi sifatida mehnat qilib, MEZda umidli ta'mir muhandisi sifatida tanilgan yoshlardan biri hisoblanadi. Komiljon Shodmonov va uning hamkasblari tomonidan kuni kecha 4-sonli konverter pechida joriy ta'mir ishlari o‘tkazildi. Ta'mir- montaj ishlarining o‘z muddatlarida sifatli uddalanishida G‘ofur Mahkamov, Shukur Samiyev, Mamasaid Inomov kabi chilangar-ta'mirchilar, Nurali Usmonov, Abdug‘ani Sultonov, Mahmud Inomov singari gazelektrpayvandlovchilarning hissalari alohida bo‘lmoqda. Metallurgiya pechlari ta'mirida olovbardosh g‘isht terimlarini olib borayotgan Amir Bo‘ronboyev, Ixtiyor Turmatov, Zuhriddin Pozilov hamda Yusufxon Bo‘riyevlarning mahorat va tajribalari muhim ahamiyat kasb etayapti.
Ta'mir texnologiyalari bilan qurollangan holda Ixtisoslashgan ta'mirlash-montaj sexi ta'mirchilari shu kunlarda Kamyob metallar ishlab chiqarish sexining yangi 6-pechida montaj ishlarini yakuniga yetkazishmoqda.
Hasan ABDULLAYEV