• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tanlov ochiq va shaffoflikda o‘tdi

05 Iyul 2022, 16:5 2299

Joriy yilning 4 iyul kuni Texnologik transport boshqarmasi ma'muriy binosida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov boshchiligida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun nazariy va amaliy sinov jarayonlari tashkil etildi.

Sinov jarayoniga hujjatlar qabuli onlayn shaklida bo‘lib o‘tdi. Elektron manzilga umumiy 134 dona murojaat kelib tushib, dastlabki saralash natijalariga ko‘ra, 127 nafar nomzod tanlab olindi va sinov jarayonlariga taklif qilindi.

Texnologik transport boshqarmasida  BelAZ 7540, BelAZ 7513, BelAZ 7530 rusumli avtosamosvallar haydovchisi, Buldozer mashinisti kabi vakant lavozimlar bo‘yicha sinov jarayonlari tashkillashtirildi.

Sinov jarayonlarini shaffof tarzda va oshkoralik asosida o‘tkazish maqsadida, Olmaliq KMK” AJning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus tanlov komissiyasi ishtirokida o‘tkazildi. Shuningdek, sinov jarayonlari videotasvirga olingan holda maxsus jihozlangan xonalarda keng jamoatchilik kuzatuvi ostida bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan  nazariy va amaliy sinov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan munosib nomzodlar tegishli sohalar bo‘yicha Texnologik transport boshqarmasiga ishga joylashtirish tavsiya etiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech