Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi ma'muriy binosida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov nazorati ostida zavoddagi mavjud bo‘sh ish o‘rni uchun nazariy va amaliy sinov jarayonlari tashkil etildi.
Sinov jarayoniga hujjatlar qabuli onlayn shaklida bo‘lib o‘tdi. Elektron manzilga umumiy 226 dona murojaat kelib tushib, dastlabki saralash natijalariga ko‘ra, 16 nafar nomzod tanlab olindi va sinov jarayonlariga taklif qilindi.
Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining tokarlik mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etilgan sinov jarayonlari shaffof tarzda va oshkoralik asosida o‘tkazildi.
Buning uchun jarayon Olmaliq KMK” AJning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus tanlov komissiyasi ishtirokida hamda sinov jarayonlari videotasvirga olingan holda maxsus jihozlangan xonalarda keng jamoatchilik kuzatuvi ostida tashkil etildi.
O‘tkazilgan nazariy va amaliy sinov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan munosib nomzod tegishli soha bo‘yicha Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga ishga joylashtirish tavsiya etiladi.
Axborot xizmati