Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 28-iyun kuni “Metallurg” MSda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining prem’yerasi bo‘lib o‘tdi.
OKMK rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan kino prem'yerasida kino ijodkorlari ham ishtirok etishdi. Jumladan, ushbu tarixiy-badiiy filmida bosh rolni ijro etgan sportchi va aktyor Habibulla Nizomov ham tadbirda ishtirok etib, tomoshabinlarga fil'm bo‘yicha bir qator ma'lumotlarni berdi.
Film Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangto‘shning hayot yo‘li va faoliyati to‘g‘risida bo‘lib, unda asosan Yalangto‘shning mohir harbiy sarkardaligi hamda uning saroyida bo‘ladigan fitnalarga urg‘u berilgan.
“Mazkur film rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan 3 yil davomida suratga olingan va bu jarayonlarda katta jamoa ishlagan.
Tadbir davomida kinoijodkorlarga kombinat rahbariyati va ishchi-xodimlar nomidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.
Kino ijodkorlar shu kuni kombinat muzeyi va Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida ham bo‘lishib, kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy fil'mi kombinat ishchi-xodimlarida katta taassurot qoldirdi. Bu haqda ularning fikr-mulohzalari bilan qiziqdik.
- O‘zbek rejissyorlarimiz ham mana shunday tarixiy kinolarni suratga olishini ko‘rib, hayratlandim. Bu o‘zbek kinosining yutug‘i deb, o‘ylaman. Kino orqali buyuk ajdodimiz Bahodir Yalangto‘sh haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, har bir aktyor o‘z rolini zo‘r mahorat bilan ijro etgan. Kino prem'yeraning namoyishi tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Dilorom Urasheva.
Axborot xizmati