Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun, 27-dekabr kuni “Olmaliq KMK” AJ hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist, shoir Salim Ashur, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurilla Chorilar ishtirok etdi.
Tarkibiy bo‘linmalar Yoshlar ittifoqi raislari, ijodkor yoshlar, OAV vakillari tarixiy voqelikka guvoh bo‘ldilar. Ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Kombinat o‘zining 70 yillik tarixi davomida bunday iqtisodiy-ma'naviy hamkorlikni amalga oshirmagan edi. Mamlakatning ikki nufuzli jamoasi – iqtisodiyot va ma'naviyat uyg‘unlashdi.
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov bu hamkorlik keng miqyosli ekanligini ta'kidlab o‘tdi. So‘z olgan ijodkorlar kelusidagi do‘stona va ijodiy hamkorlikka to‘xtalib, o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga kombinatning yosh havaskor ijodkorlari ham o‘z she'rlarini o‘qib berdilar. Muxtasar aytganda, tadbir mo‘'jazgina ijodiy kechaga aylandi.
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan kelgan mas'ul vakillar Qalmoqqir va Yoshlik I konlarida bo‘lishdi.
Axborot xizmati