Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tarkibiy boʻlinmalarda bayram tadbirlari

16 May 2025, 9:50 742

Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

2-Mis boyitish fabrikasi

2-sonli mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi konchi-metallurglari kunini yuqori mehnat zafarlari bilan kutib olishdi.

Mehnat jamoasi uchun tashkil etilgan tadbirda 12 nafar ishchi-xodimlarga “Mehnat faxriysi” unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqa ham tashkil etilib, g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirda “Metallurg” MS ijodiy guruhlari mehnat jamoasiga ajoyib konsert dasturi taqdim etishdi.

Sana munosabati bilan 1 nafar ishchiga kombinat Faxriy Yorlig‘i hamda bir guruh faollarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bizga bu haqda fabrika yoshlar ittifoqi raisi O‘ktam Begmatov xabar qilmoqda.

3-Mis boyitish fabrikasi

Jumladan, ushbu bayram 3-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan ham ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

“Oqsaroy” tantanalar majmuida tashkil etilgan bayram tadbirida boyituvchilari kombinat bosh muhandisi Sergey Larionov qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbirda bir guruh faol ishchi-xodimlari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, 5 nafar ishchi-xodim “Mehnat faxriysi” unvoni  va 1 nafar ishchiga kombinat Faxriy Yorlig‘i bilan rag‘batlantirildi.

Chodak kon boshqarmasi

Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham konchi-metallurglar kunini munosib kutib olishdi.

Tadbirda so‘z olgan kon boshqarmasi direktori Abduxalloq Miraxmedov mehnat jamoasiga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Sana munosabati bilan 1 nafar ishchiga kombinat Faxriy Yorlig‘i, 1 nafariga esa uchinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, 27 nafar ishchi-xodim “Mehnat faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bizga bu haqda kon boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi Abduvali Boboboyev ma'lumot bermoqda.

Issiqlik elektr markazi

Kombinat ishlab chiqarish zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi Issiqlik elektr markazi mehnat jamoasida ham bayram tadbiri yuqori kayfiyatda nishonlandi.

Markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sarvar Kalamxojdayevning ma'lum qilishicha, sana munosabati bilan ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan 5 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, bir guruh ishchi-xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Sanoat suv ta'minoti boshqarmasi

Bu yil o‘z faoliyatini boshlaganiga 70 yil bo‘lgan Sanoat suv ta'minoti boshqarmasida ham konchi-metallurglar kuni katta tantanalar bilan kutib olindi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan suv ta'minotchilarni boshqarma boshlig‘i Rahmatilla Kaumtov o‘zining samimiy tilaklari bilan muborakbod etdi.

Tadbirda 7 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” unvoni berildi.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati

Kombinat posbonlar bo‘lgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati mehnat jamoasida ham bayram tadbiri keng nishonlandi.

Xizmat boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Sobir Rahimovning ma'lumotiga ko‘ra, sana munosabati bilan 27 nafar ilg‘or xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, 15 nafar xodim “Mehnat faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Avtomobil transport boshqarmasi

O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni Avtomobilь transport boshqarmasi jamoasida ham ko‘tarinki ruhda, katta tantanalar bilan nishonlandi.

“Kosmos” tantanalar majmuida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etgan Transport va logistika departamenti direktori Rustambek Sanaqulov soha fidoiylarini bayram bilan samimiy tabriklab, ularning fidokorona mehnatini yuksak baholadi hamda ezgu tilaklarini izhor etdi.

Tadbirda “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida 24 nafar ishchi-xodimlarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, boshqarma miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlar g‘oliblari hamda ilg‘or xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Bizga bu haqda ATB Yoshlar ittifoqi raisi  Azamat Abdujabborov xabar qilmoqda.

OKMK Axborot  kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari

So‘nggi yillarda kombinat taraqqiyotida Axborot  kommunikasiya texnologiyalari sohasi xodimlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularning samarali mehnatlari evaziga kombinatning barcha sohalariga raqamlashtirish joriy etilmoqda. Natijada esa yuqori mehnat samaradorligiga erishilmoqda.

OKMKda axborot texnologiyalari bilan bog‘liq faoliyat yuritib kelayotgan Raqamlashtirish departamenti, Raqamli transformasiya va ERP joriy etish loyiha ofisi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalar konchi-metallurglar kunini “Olmaliq” tantanalar majmuida nishonlashdi.

Tadbirda so‘z olgan kelayotgan Raqamlashtirish departamenti direktori v.v.b Aziz Rozikulov soha vakillarini ayyom bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Tadbir davomida 7 nafar soha vakiliga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. 12 nafar ishchi-xodim tashakkurnoma bilan, 1 nafari esa  esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech