Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Ma’lumki, joriy yilning 29-30 may kunlari OKMK tarkibiy boʻlinmalarida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yilda amalga oshirilgan ishlarini sarhisob qilish yuzasidan mehnat jamoalarining konferensiyasi va kasaba uyushmasi tashkilotlarining hisobot-saylov konferensiyalari oʻtkazildi.
Bu yilgi konferensiyalarni oʻtkazishdan avval OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mas’ullari tomonidan 39 ta boshlangʻich tashkilotlari tasarrufidagi 292 ta sex tashkilotlarida saylovni oʻtkazish tartibi, huquqiy asoslari boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etildi.
Rux zavodida oʻtkazilgan konferensiya davomida, ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasiga koʻra, 2024 yilda zavodda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar eshitilib, kelgusida amalga oshishi rejalashtirilgan ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Shaffoflik asosida oʻtkazilgan kasaba uyushmasi tashkilotining IV hisobot-saylov konferensiyasida Rux zavodi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi etib Yunusaliev Sahobiddin Zaynidinovich qayta saylanib, unga ishonch bildirildi.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qoʻmitasi a’zolari ham saylab olindi.
Mis boyitish fabrikasida oʻtkazilgan mehnat jamoasi konferensiyasi va kasaba uyushmasi tashkilotining III hisobot-saylov konferensiyasida 2024 yilda fabrikada amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar eshitildi. Kelgusida amalga oshishi rejalashtirilgan ishlar boʻyicha rejalar tinglandi.
Kasaba uyushmasi tashkilotining III hisobot-saylov konferensiyasida MBF kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelayotgan Ulugʻbek Alimov va rais oʻrinbosari Nailya Garipovalarga yana bir bor ishonch bildirildi.
Avtomobil transport boshqarmasida oʻtkazilgan konferensiyada ham korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Olimjon Ahmedov va oʻrinbosari Akrom Bayishovlarga mehnat jamoasi yana bir ishonch bildirib, qayta saylashdi.
Issiqlik elektr markazi va Kovuldi koni kabi korxonalarda oʻtkazilgan konferensiyalarda ham kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi boʻlib ishlab kelgan Sarvar Kalamxodjaev hamda Anorboy Yusupovlarga ishonch bildirildi.
Bundan tashqari, Texnik nazorat xizmati va Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazlarida ham konferensiyalar oʻtkazilib, tadbirlarda Ilhom Abdimanapov va Sevara Ubaydullaevalar kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi sifatida qayta saylanishdi.
Sanoat temiryoʻl transport boshqarmasida oʻtkazilagan saylovda esa korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Artikbaev va uning oʻrinbosari Otabek Minasipovga ishonch bildirildi.
39 ta boshlangʻich tashkilotlari va uning tasarrufidagi 292 ta sex tashkilotlarida oʻtkazilgan hisobot-saylov yigʻilishlari va konferensiyalarida sal kam 10 ming delegatlar ishtirok etishdi.
Yana bir e’tiborli jihat bu yilgi saylovlarda kasaba uyushmasida ish haqi olib ishlaydigan kasaba uyushma qoʻmita raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga yashirin ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida saylanishdi.
Shuningdek, yana bir yangilik bu yilgi saylovlarda kasaba uyushmasi tashkilotlari a’zolarining dublyorlari boʻlishi ham ta’minlandi.
Bu yilgi saylovlarda tarkibiy boʻlinmalarning deyarli barchasida avvalgi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raislari qayta saylandi. Texnologik transport boshqarmasi, Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi hamda “Jizzax sement zavodi” MCHJ kabi korxonalarda yangi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raislari oʻz faoliyatlarini boshlashdi.
Axborot xizmati