• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tashkiliy masalalar - kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi

15 Noyabr 2022, 9:17 997

«Olmaliq KMK» AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni arafasida tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiyalari raislari uchun seminar tashkil etildi.

Seminar-yig‘ilishda kasaba uyushmasi Nizomida ko‘zda tutilgan bosh maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, kasaba uyushmasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ishlayotgan doimiy komissiyalarning funksiyalari, kombinat kasaba uyushmasining bugungi kunda olib borilayotgan siyosatining mohiyati, kelgusidagi rejalari  muhokama kilindi.

Shuningdek, tashkiliy yo‘nalishdagi komissiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi Nizomning mazmuni atroflicha tushuntirilib, bu yo‘nalishda jamoatchilik asosida faoliyat olib kasaba uyushma xodimlari va faollari oldiga bir vator vazifalar berildi.

Korxona va tashkilotlarda tashkiliy masalalardan kasaba uyushma faoliyatini yoritadigan ko‘rgazmalarni sifatli jihozlash, ish taqsimlash xonalarida mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ishonchli ma'lumotlarning keng yoritilishi, ishchi-xodimlarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida kasaba uyushmasiga a'zolikning afzalliklarining o‘rni yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va tegishli hisobni yuritish ta'kidlandi.

Eng asosiysi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish jarayonida bevosita ishtirok etilishiga alohida e'tibor qaratildi. Seminar-yig‘ilish davomida tashkiliy yo‘nalishdagi faoliyatining samarasini yanada oshirish maqsadida faollardan takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida rejaga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tuzib olindi.

Umida Djalilova,

Tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech